Nonni ko‘zimizga surtamiz. Insonni-chi?
Nonni e’zozlashni bilamiz. Odamni ham shunday asray olamizmi? Maqollarimiz bilan kundalik hayotimiz orasidagi masofa haqida. Ajib millat farzandiman. Non yerga tushsa, ko‘tarib, ko‘zimizga surtamiz. Bir chetga, oyoq bosmaydigan joyga qo‘yamiz. Nonni qadrlashni bolalikdan o‘rgatishgan. To‘g‘ri qilishgan. Ochlik nimaligini bilgan avlodlar nonning qadrini yaxshi tushungan.